Yangi sayyohlik manzili: Amir Temur dunyoga kelgan Xo‘ja Ilg‘or qishlog‘i
Buyuk sohibqiron, davlat arbobi Amir Temurning 682 yilligi O‘zbekistonda o‘zgacha ruhda nishonlanmoqda – bugungi kunda amalga oshirilayotgan islohotlar fonida barcha bu sanani a’lo kayfiyatda nishonlamoqda.
9 aprel kuni Amir Temur dunyoga kelgan Xo‘ja Ilg‘or qishlog‘iga ko‘plab mehmonlar tashrif buyurishdi. Qishloqning tarixiy burchagida – Xo‘ja Ilg‘orning markaziy maydoniga ulanib ketgan, buyuk sohibqironning tug‘ilishi bilan bog‘liq bo‘lgan qadimiy quduq mavjud. Xalqaro Press-klubning Sayyor Press-klub formatidagi «Xo‘ja Ilg‘or: qayta kashf qilingan tarix – yangi sayyohlik yo‘nalishi» mavzuidagi sessiyasi ayni shu makonda bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbir Madaniyat vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Qashqadaryo viloyati hokimligi va qator ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikda o‘tkazildi.