Halqaro Аmir Temur xayriya jamoat fondi Oʼzbekitson Republikasi Vazirlar mahkamasining 1996 yil 4 martdagi 100 qaroriga asosan Respublika Аdliya vazirligida 1997 yil 10 sentyabrda (279-son bilan) davlat roʼyxatiga olingan nodavlat notijorat fond xisoblanadi.
Fond taniqli davlat arbobi va sarkarda Аmir Temurning jahon madaniyati rivojiga qoʼshgan hissasini oʼrganish va xolisona targʼib qilish, uning nomi bilan bogʼliq nodir meʼmoriy yodgorliklarni qayta tiklash, taʼmirlash va asrashga yordam berish. Аmir Temur va temuriylar merosini oʼrganayotgan xalqaro fondlar, ilmiy markazlar va taniqli olimlar bilan aloqalar oʼrnatish Temuriylar sulolasi davriga oid madaniy maʼrifiy manbalarni izlab topish zarurat boʼlsa ularni tarjima qilish va targʼib etish halqaro koʼlamdagi ijodiy aloqlarni rivojlantirishga koʼmaklashadi.
Shuningdek Fond belgilangan tartibda Oʼzbekiston Respublikasining barcha hududlarida, shuningdek xorijiy davlatlarda oʼzining hududiy boʼlinmalarini tashkil etadi va ularning toʼlaqonli faoliyatini taʼminlaydi.
Fond yirik davlat arbobi va atoqli sarkarda Аmir Temurning hayoti, ijtimoiy-siyosiy va harbiy faoliyatini chuqur oʼrganishga koʼmaklashish orqali
shaxsni xususan yoshlarimizni maʼnaviy, madaniy va jismoniy kamolga yetkazishga doir chora-tadbirlarni amalga oshiradi. Bu borada Аmir Temur va uning zamonasi haqidagi aniq va xolis maʼlumotlarni keng ommaga yetkazish mehnatkashlarni ayniqsa yoshlarni Vatanga iftixor va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash yoʼlida asos boʼlib xizmat qiladi.
Yana fondning asosiy vazifalaridan biri manfaatdor fondlar bilan birgalikda Temur va Temuriylar davri tarixini oʼrganuvchi jamoat kengashlari, fondni moliyaviy qoʼllab-quvvatlovchi hayrihohlardan iborat “Fondning doʼstlari” klubini va yoshlarni maʼnan, jismonan va aqlan tarbiyalovchi “Temurbeklar” toʼgaraklarini tashkil qilishdir.
.1. Fondning toʼliq nomi:
Oʼzbek tilida -“Halqaro Аmir Temur xayriya jamoat fondi”
Rus tilida – “Mejdunarodnыy blagotvoritelьnыy obщestvennыy
fond Аmir Temura”
Ingliz tilida- “International pilantropic sotcial fund Amir Temur”
II.2. Fondning manzili – Oʼzbekiston respublikasi,100000 Toshkent
shahri Аmir Temur shoh koʼchasi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi