Ҳар кимнинг қадр-қимматини, тутган мавқеини ва ҳар нарсанинг ўлчовини белгилаб олишинг ва шунга мувофиқ иш юритишинг керак.

Амир Темур

(+99871) 232-02-27

Биз билан алоқа

info@temuriy.uz

Электрон почта
 Amir Temur tug‘ilgan qishloq turizm maskaniga aylantiriladi

Amir Temur tug‘ilgan qishloq turizm maskaniga aylantiriladi

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Amir Temur dunyoga kelgan Xo‘ja ilg‘or qishlog‘ida sohibqironning yoshlik yillariga bag‘ishlangan muzey ekspozitsiyasini tashkil etishga doir loyihasini taqdim etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov bu borada KUN.UZ’ga quyidagilarni ma’lum qildi:

«Prezidentimiz Qashqadaryoga tashrif buyurganlarida Amir Temur tug‘ilgan qishloqni turizm maskaniga aylantirishga doir taqdimot o‘tkazgan edik. Shu yo‘nalishda qator takliflar kiritilgandi. Xalqaro tajribalarda ham shunday loyihalar ko‘plab amalga oshirilganini ko‘rish mumkin. Shunga muvofiq sohibqiron tug‘ilgan Xo‘ja ilg‘or qishlog‘ida uning yoshlik yillariga bag‘ishlangan yodgorlik o‘rnatish, atrofdagi hududni obodonlashtirish va turistik maskanga aylantirish g‘oyasi berildi. Ushbu takliflar yurtboshimiz tomonidan ma’qullandi. Bundan tashqari, boshqa qator loyihalar ham yo‘lga qo‘yilmoqda. Masalan, 9 aprel, ya’ni Amir Temur tug‘ilgan kuni Xalqaro Press-klub bilan birgalikda Xo‘ja ilg‘or qishlog‘idan to‘g‘ridan-to‘g‘ri efir olib boriladi va ko‘plab qiziqarli tadbirlar o‘tkaziladi».

Leave a Reply

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

[an error occurred while processing the directive]